• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Toshkentda Finlyandiyaning faxriy konsulxonasi ochildi

12.04.2019

11 aprel kuni Toshkentda Finlyandiyaning faxriy konsulxonasi ochildi. Ochilish marosimida Finlyandiya TIVning tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha davlat kotibi o‘rinbosari Markku Keynyanen hamda Finlyandiyaning O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmanistondagi elchisi (qarorgohi Xelsinkida) Mariya Liivala ishtirok etdi.

«Toshkentdagi faxriy konsulxonaning ochilishi bizning iqtisodiy va madaniy hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanimizni namoyon etadi», — dedi Markku Keynyanen Twitter orqali.

Alisher Jo‘rayev Finlyandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsuli bo‘ldi, deya xabar qildi O‘zbekiston TIV «Gazeta.uz"ga.

«Газета.uz»