• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

TIV Konsullik-huquqiy departamenti ogohlantiradi

08.02.2019

Qozog‘istonning ayrim mintaqalarida havo haroratining keskin sovushi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti O‘zbekiston fuqarolarining e’tiborini mazkur mamlakatga kirganlarida, asosan uning shimoliy hududlarida harakatlanish uchun transport vositasini tanlayotganlarida hamda avtobus yoki boshqa avtomobil transporti turlarida Rossiyaga o‘tayotganlarida duch kelinadigan xavflarni hisobga olishlari zarurligiga qaratadi.

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi bergan ma’lumotlarga ko‘ra qattiq sovuq tushganligi munosabati bilan respublika ahamiyatidagi “Astana-Petropavlovsk” trassasi avtotransportlar uchun yopilgan, mahalliy aholiga esa safarlarga chiqmaslik tavsiya qilingan.