• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Tashqi ishlar vazirligidagi majlis to‘g‘risida

02.02.2019

2019-yilning 2-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligida TIV markaziy apparatining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Elyor G‘aniyev ishtirok etdi. O‘z chiqishida E.G‘aniyev mamlakatimiz rahbari topshirig‘iga binoan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni eksport qilish xajmlari va nomenklaturasini kengaytirish, mamlakatimizga chet ellik turistlar oqimini oshirish, shuningdek diplomatik vakolatxonalarga biriktirilgan hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun qulay tashqi sharoitlar yaratish borasida Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan Alisher Abdualiyev va u nazorat qiluvchi iqtisodiy blok bo‘limlari, umuman Vazirlik va O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari oldida turgan dolzarb maqasadli vazifalar doirasini belgilab berdi.