• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Qozog‘iston delegatsiyasi bilan uchrashuv

14.03.2019

2019-yilning 14-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Toshkent xalqaro aeroportida tranzit bilan bo‘lib turgan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jenis Qasimbek boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Qozog‘iston kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ikkinchi maslahatlashuv uchrashuvi va tadbirda Qozog‘iston delegatsiyasi ishtirokining amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.