• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

O‘zbekistonda ilk marotaba ot sporti bo‘yicha xalqaro bolalar kubogi o‘tkaziladi

12.04.2019

Ot sporti bo‘yicha «FEI Jumping Children`s Classic Final 2018» xalqaro bolalar kubogi final bosqichi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.

Joriy yilning 17−21 aprel kunlari O‘zbekistonda ot sporti bo‘yicha «FEI Jumping Children`s Classic Final 2018» xalqaro bolalar kubogi final bosqichi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu musobaqa ot sporti bo‘yicha 15 yoshgacha bo‘lgan chavandozlar o‘rtasida o‘tkaziladigan eng nufuzli turnirlardan biri hisoblanib, ushbu sport turi bo‘yicha bunday saviyadagi musobaqa O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilmoqda.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Allyur» ot sport bazasida o‘tkazilayotgan musobaqaga Germaniya, Braziliya, Irlandiya, Argentina, Meksika, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika kabi dunyoning 12 davlatidan hakamlar, yosh sportchilar va mehmonlar jami 80 nafarga yaqin xorijliklar tashrif buyurishadi.

Hakamlar hay’atiga fransiyalik Patris Alvado rahbarlik qiladi.

Musobaqa qoidalariga ko‘ra mezbon davlatdan 4 nafar va har bir mamlakatdan oltin tur natijalariga ko‘ra o‘z FEI guruhida eng yaxshi 10 talikka kira olgan sportchilardan 2 nafarining ishtirok etishiga ruxsat etiladi. Shunday qilib, g‘alaba uchun 12−14 yoshdagi 20 nafar yosh chavandozlar bahsga kirishadilar.

«Газета.uz»