• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari diqqatiga

10.02.2019

Vatandoshlarimiz murojaatlari munosabati bilan shuni ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan mehnat migratsiyasida bo‘lib turgan va chet elda vafot etgan vatandoshlarimiz jasadini O‘zbekiston Respublikasiga olib kelishda amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Agarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan yaqin qarindoshingiz yoki tanishingiz bunday holatlarga tushib qolganligi va yordamga muhtojligi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lsangiz Rossiya Federatsiyasidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Vakolatxonasiga yoki Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishingiz tafsiya etiladi.

Ma’lumot uchun:

Rossiya Federatsiyasidagi manzil: Moskva shahri, 1-Kazachiy tor ko‘chasi, 11/2 (1-й Казачий переулок, 11/2).

Murojaat uchun telefon raqami: +7-903-507-76-67.

O‘zbekiston Respublikasida manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi, 1-uy.

Murojaat uchun telefon raqami: +998-71-202-33-55 (ichki raqam: 16, 17). Telegram kanali: @migration_uz.