• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Niderlandiya Elchisi bilan uchrashuv

12.03.2019

2019-yilning 12-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Niderlandiya Qirolligining Favqulotda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Regina Veronika Mariya Jons-Bosni qabul qildi.

Elchi mamlakatimizga kelgan Niderlandiyaning nufuzli 40 ta eng yirik kompaniyalari delegatsiyasiga rahbarlik qilmoqda. Delegatsiya “Agro World-2019” 14-ko‘rgazmasida ishtirok etadi, shuningdek, Toshkent shahri va Namangan viloyatida “O‘zbekiston-Niderlandiya” agrobiznes forumlarini o‘tkazadi.

TIVda bo‘lib o‘tgan suhbat davomida O‘zbekiston-Niderlandiya aloqalarini, jumladan “O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi” shaklidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, 2018-yilda ikki tomonlama tovar aylanmasi hajmining 60% dan ko‘proqqa oshishi, ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi faol aloqalar va investitsion sohadagi istiqbolli loyihalar o‘zaro manfaatdorlikka asoslangan hamkorlikni bosqichma-bosqich kengaytirish uchun ulkan iqtisodiy, sanoat, texnologik, intellektual salohiyat mavjudligini tasdiqlaydi.

Zamonaiy turistizm infratuzilmasini yaratish, ta’lim sifatini oshirish, zarur mutahassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlashdagi Gollandiya tajribasini O‘zbekistonga jalb qilish katta qiziqish uyg‘otmoqdi.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy siyosatning ba’zi muammolari ham ko‘rib chiqildi.

Zafar Yuldashkulov olgan surat