• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Navbatdagi tashrif manzili – Andijon

16.05.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 16-may kuni Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi.

Tashrif chog‘ida avval berilgan topshiriqlar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish, yangi maqsad va vazifalarni belgilash rejalashtirilgan.