• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Jiu-jitsu. O‘zbekiston sportchilari jahon kubogida 15 ta medalni qo‘lga kiritdi

14.04.2019

Tailandning Chang Mayi shahrida jiu-jitsu bo‘yicha talabalar o‘rtasida jahon kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Olamsport.com sayti xabar tarqatdi.

Xalqaro jiu-jitsu federatsiyasi (IJJF) hamda Xalqaro universitet sport federatsiyasi (FISU) tashabbusi bilan tashkil etilgan sport bayramida dunyoning 20 ga yaqin davlatdan sportchi talabalari ishtirok etdi.

O‘zbekiston jiu-jitsu federatsiyasi mazkur musobaqada ilk bora qatnashgan bo‘lishiga qaramay eng yaxshi natijaga erishdi.

Ne Waza, Fighting, Duo system yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tgan bahslar yakunida Umid Nabiyev, Feruz Usmonov, Nozimjon Odilov, Kamoliddin Anorqulov, Azizbek Tohirov, Umid Rahimov terma jamoa hisobiga 6 ta oltin medalni qo‘shib qo‘ydi. Shuningdek, yana 4 ta kumush va 5 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan sportchilar umumjamoa hisobida 2-o‘rindan joy oldi. Mezbonlar 1-o‘rinni, qozog‘istonlik jiu-jitsuchilar esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

«Газета.uz»