• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Huquq-tartibоt organlari rahbariyatida o‘zgarishlar

11.02.2019

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelgan general-leytenant Azizov Abdusalam Abdumavlanovich O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Raisi lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Raisi lavozimida ishlab kelgan Abdullayev Ixtiyor Baxtiyorovich sog‘ligi yomonlashgani tufayli o‘z arizasiga binoan (keyingi bir yilda bo‘yin va bel umurtqa pog‘onasida ikki marta og‘ir jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan) lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimiga shu kunga qadar Toshkent xarbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida ishlab kelayotgan general-mayor Kurbanov Bahodir Nizamovich tasdiqlandi.

B. Kurbanov avval Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.