• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Yosh aktyorlar Londonda o‘zbek tilidagi «Hamlet» spektaklini ijro etadi

14.04.2019

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalar, institut bitiruvchilari va o‘qituvchilaridan iborat ijodiy guruh 13 aprel kuni Londonga gastrol safariga otlandi. O‘zbek tilidagi Hamlet spektakli 15 aprel kuni Rouz Bruford kollejining sahnasida Xalqaro teatr simpoziumi doirasida taqdim etiladi. Shu kunning o‘zida O‘zbekistonning Britaniya elchixonasida ham katta tadbir doirasida «Hamlet» spektakli namoyish etiladi

Britaniya Kengashi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Rouz Bruford kolleji hamkorligidagi loyiha doirasida o‘zbekistonlik talabalar ishtirokida Buyuk Britaniyalik rejissyor Jon Taker rahbarligida akademik o‘quv programmasi doirasida o‘zbek tilida «Hamlet» spektaklini sahnalashtirdi.

Mazkur dastur San’at va madaniyat instituti va Rouz Bruford kolleji o‘rtasidagi uch yillik hamkorlik natijasidir. Aktyorlarni tayyorlash, xususan, Shekspir matni bilan ishlashning xalqaro tajribasiga tayangan holda sahna mahorati va ovozni sozlash saboqlarini o‘zida jamlagan integrallashgan yondashuv o‘z mevasini berdi. Sahnalashtirish jarayoni o‘z ichiga barcha bosqichlarni — kasting, repetitsiyalar, spektaklning premerasi va yurtimiz shaharlari bo‘ylab turni o‘z ichiga oldi. Sahnalashtirishning mazkur muhim bosqichlari ayni yo‘nalish bo‘yicha o‘quv dasturini modernizatsiyalash jarayoni bilan uyg‘unlashdi.

Spektakl dastlab O‘zbekiston san’at va madaniyat institutida muvaffaqiyatli namoyishidan so‘ng, O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qildi. Mana endi talabalar, institut bitiruvchilari va o‘qituvchilaridan tashkil topgan «Hamlet"ning ijodiy jamoasi jahon sahnasida — Britaniyada spektaklni namoyish etishga yo‘l oldi.

«Газета.uz»