• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Toshkent shahrida 7 tonnalik sumalak tayyorlanadi

21.03.2019

Ushbu tadbir shu yilning 29 va 30 mart kunlari poytaxtimizdagi Mirzo Ulugʻbek nomidagi “Central Park”ida oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi va Coca-Cola Oʻzbekiston kompaniyasi hamkorlikda 7 tonnalik rekord darajadagi sumalak tayyorlaydi, deb xabar qilmoqda qoʻmita matbuot xizmati.

Shu yilning 29 va 30 mart kunlari poytaxtimizdagi Mirzo Ulugʻbek nomidagi “Central Park” yaʼni Markaziy istirohat bogʻida oʻtkaziladigan mazkur sumalak saylida ishtirokchilarni unutilmas musiqiy va koʻngilochar dasturlar kutmoqda. Shu kuni tajribali oshpazlar bahor milliy taomlarni tayyorlashadi.