• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Namangan shahrida an'anaviy gullar festivali o'tkaziladi

16.05.2019

26-maydan 1-iyunga qadar Namangan shahrida an’anaviy gullar bayrami bo'lib o'tadi. Bayram shaharning markaziy ko'chalarida tashkil etiladigan «Gul sayli» bilan boshlanadi.

Festival O'zbekistonda akkreditasiyadan o'tgan xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari hamda xorijiy mamlakatlar elchixonalari xodimlari, tadbirkorlik doiralari vakillari, sayyohlar, tabiat go'zalligini sevadigan va qadrlaydigan barcha kishilarni chorlab qoladi.

Bayram dasturi doirasida tadbir ishtirokchilari gul yetishtirish bilan shug’ullanadigan xo’jaliklar faoliyati bilan tanishish va To'raqo'rg'on tumanidagi Axsikent ochiq muzeyiga tashrif buyurish imkoniyatiga ham ega bo’ladi.

Namangan gullar festivali allaqochon O’zbekiston va xorijda ko’pchilik e’tiborini qozonishga ulgurgan. Bundan tashqari, ushbu tadbir viloyat sayyohlik va iqtisodiy salohiyatini yana bir bor namoyish etish uchun qulay imkoniyatdir.

"Dunyo" AA