• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

“Bogʻi Bobur” ziyorat qilindi

14.02.2019

Zahiriddin Muhammad Bobur maqbarasi 2016 yilda Afgʻoniston Islom Respublikasi hukumati tomonidan qayta taʼmirlanib, atrofi obodonlashtirildi.

Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo (taxallusi Bobur) oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzodadir.

Bobur qisqa umri davomida avlodlariga ulkan maʼnaviy-madaniy meros qoldirdi. U 47 yoshida oʻzi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va oʻsha yerda dafn etildi. Keyinchalik vasiyatiga koʻra, 1539 yilda uning xoki Kobulga keltirilib, oʻzi bunyod ettirgan “Bogʻi Bobur”ga qoʻyildi.

Zahiriddin Muhammad Bobur maqbarasi 2016 yilda Afgʻoniston Islom Respublikasi hukumati tomonidan qayta taʼmirlanib, atrofi obodonlashtirildi. “Bogʻi Bobur” 48 gektar maydonni egallagan. Atrofi baland devor bilan oʻralgan. Uning ichida katta hovuz, mehmonxona, masjid, choyxona, 40dan ortiq doʻkon kabi ijtimoiy obyektlar mavjud.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazining rahbariyati va bir guruh talabalari Afgʻonistonning Qobul shahriga borib, Zahiriddin Muhammad Boburning qabrini ziyorat qildi.