Toshkent shahrida 7 tonnalik sumalak tayyorlanadi

Ushbu tadbir shu yilning 29 va 30 mart kunlari poytaxtimizdagi Mirzo Ulugʻbek nomidagi “Central Park”ida oʻtkaziladi.
21.03.2019

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navro‘z bayrami tantanalarida ishtirok etdi

Shu kunlarda mamlakatimizda Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlanmoqda. Toshkent shahridagi tantanali tadbir 21 mart kuni “Humo Arena” majmuasida bo‘lib o‘tdi.
21.03.2019

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish holati tanqidiy tahlil qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 mart kuni investitsiya loyihalarini amalga oshirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishni jadallashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
21.03.2019

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 mart kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Kasim-Jomart Tokayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
20.03.2019

Shavkat Mirziyoyev Tunis Prezidentiga tabrik yoʻlladi

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tunis Respublikasi Prezidenti Muhammad al-Bojiy Qoid as-Sebsiyni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
20.03.2019

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqoti to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 mart kuni bugun Prezident vakolatlarini zimmasidan soqit etish to‘g‘risida e’lon qilgan Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
20.03.2019

Prezident yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha muhim vazifalarni belgilab berdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun, 19 mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
20.03.2019

Afg‘oniston delegatsiyasi Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi

2019-yilning 17-mart kuni Balx viloyati gubernatorining o‘rinbosari Shujouddin Shujo boshchiligidagi Afg‘oniston Islom Respublikasining delegatsiyasi Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
19.03.2019

“Islom merosini saqlash va diniy bag‘rikenglikni targ‘ibоt qilishda O‘zbekistonning muhim roli”

Kuvayt Universiteti qoshidagi Til o‘qitish markazining tinglovchisi Saidkamol Nabiyevning “as-Siyasa” gazetasida chop etgan maqolasi ana shunday nomlanadi. U mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar taxliliga bag‘ishlangan.
18.03.2019

Namangan shahrida 300 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratiladi

2019-yilning 18-mart kuni Namangan shahrida Rossiyaning “Fabrika Nashe” korxonasining paypoq mahsulotlari ishlab chiqarish yangi quvvatlariga birinchi ramziy tosh qo‘yildi.
18.03.2019

Markaziy Osiyo Davlatlari rahbarlarining Ikkinchi Maslahat uchrashuvini yoritish uchun OAV vakillarini akkreditatsiya qilish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ikkinchi Maslahat uchrashuvini yoritish uchun ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilishni boshladi.
18.03.2019

Tashqi ishlar vazirligida uchrashuv to‘g‘risida

2019-yilning 19-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alisher Abdualiyev «Kanimed Alles Sag'lik Cozumleri A.S» turk kompaniyasi bosh direktori Filiz Erdog‘an bilan uchrashdi.
17.03.2019

Shanxay hamkorlik tashkiloti mintaqaviy aksilterror tuzilmasi – 15 yoshda

Toshkent shahrida 15 mart kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (SHHT MATT) tashkil etilganining 15 yilligi munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi.
16.03.2019

Markaziy Osiyo: Iqtisodiy rivojlanishning yangi istiqbollari

Toshkent shahrida 15 mart kuni Markaziy Osiyo birinchi iqtisodiy forumi boʻlib oʻtdi.
16.03.2019

“Humo Arena” O‘zbekiston sporti tarixida yangi sahifa ochadi

Bugun Toshkent shahrida “Humo Arena” ko‘p tarmoqli muz saroyining tantanali ochilish marosimi bo‘ldi.
15.03.2019

Shavkat Mirziyoyev Mirabror Usmonov oilasiga ta’ziya bildirdi

Mamlakatimiz jamoatchiligi judolikka uchradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, davlat va jamoat arbobi Mirabror Usmonov shu yil 15 mart kuni og‘ir xastalik tufayli vafot etdi.
15.03.2019

Yangi Zelandiya General-gubernatoriga hamdardlik maktubi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kraystcherch shahrida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani munosabati bilan Yangi Zelandiya General-gubernatori Petsi Reddiga hamdardlik maktubi yoʻlladi.
15.03.2019

O‘zbekiston Respublikasi idoralararo delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi tug‘risida

Joriy yilning 11 martida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Maxmud Istamov boshchiligidagi idoralararo delegatsiya Yaponiya davlatiga xizmat safari bilan tashrif buyurdi. Mazkur xizmat safari davomida ma’muriy tartib tamoyillar, Tokio va Nagoya ma’muriy sudlov tizimi bo‘yicha tashkil etilgan qo‘shma tadbirlarda ishtirok etish ko‘zda tutilgan.
19.03.2019

Qozog‘iston delegatsiyasi bilan uchrashuv

2019-yilning 14-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Toshkent xalqaro aeroportida tranzit bilan bo‘lib turgan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jenis Qasimbek boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
14.03.2019

Afg‘oniston Elchisi bilan uchrashuv

2019-yil 14-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Afg‘oniston Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Sayid Shahobuddin Timuriyni qabul qildi.
14.03.2019

Niderlandiya Elchisi bilan uchrashuv

2019-yilning 12-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Niderlandiya Qirolligining Favqulotda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Regina Veronika Mariya Jons-Bosni qabul qildi.
12.03.2019

Prezident yangi qiyofa kasb etgan "Chashma" tarixiy majmuasida bo‘lib, ziyolilar bilan suhbatlashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yili Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida Nurota tumanidagi «Chashma» ziyoratgohi atrofini kengaytirish va obodonlashtirish, sayyohlar uchun zamonaviy mehmonxona qurish yuzasidan ko‘rsatmalar bergan edi.
12.03.2019

Tashqi ishlar vazirligida uchrashuv

2019-yilning 12-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Koreya Respublikasining Jeneva shahridagi Doimiy vakili, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruh rahbari Ji-ah Paik bilan uchrashdi.
12.03.2019

Shavkat Mirziyoyev: mahsulot tannarxini kamaytirish orqali jahon bozoriga chiqish kerak

Prezident Nurota tumanidagi "Marmarobod" korxonasida tog‘ jinslaridan mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.
12.03.2019

Pages