Konsullik bo'limi

Berlindagi O'zbekiston Respublikasi elchixonasi konsullik bo'limi konsullik okrugiga Germaniya Federativ Respublikasining quyidagi Berlin, Brandenburg, Bremen, Gamburg, Mecklenburg-Vorpommern, Quyi Saksoniya, Saksoniya, Saksoniya-Anxalt, Shlezvig-Golshteyn va Thuringia federal erlari, Chexiya Respublikasi, Shveytsariya Konfederatsiyasi va Shvetsiya Qirolligi hududlari kiradi.
Yuqorida ko'rsatilgan hududlarda yashovchi shaxs va tashkilotlar konsullik masalalari hamda boshqa xizmatlar yuzasidan Berlindagi O'zbekiston Respublikasi elchixonasining konsullik bo'limiga murojaat qilishlari lozimdir.
Yuqorida ko'rsatilgandan Germanuyaning boshqa federal erlari hududlarda yashovchi shaxs va tashkilotlar konsullik masalalari hamda boshqa xizmatlar yuzasidan O'zbekiston Respublikasining Frankfurt am Main shaxridagi Bosh Konsulxonasiga (manzil va tefon raqamlar ushbu saxifa oxoroda keltirilgan) murojaat qilishlari lozimdir.

Berlindagi O'zbekiston Respublikasi elchixonasining konsullik masalalari bo'yicha shaxsiy murojaat uchun vaqt jadvali:
Dushanba, Seshanba, Chorshanba va Juma kunlari soat 09.00 dan 12.00 ga qadar.
Konsullik bo'lim passport masalalari yuzasidan qabul vaqti avvaldan kelishilgan holda quyidagi kunlarda hamda belgilangan soatlarda amalga oshiriladi:
Dushanba, Seshanba, Chorshanba va Juma kunlari soat 14.00 dan 18.00 ga qadar.

Payshanba, Shanba va Yakshanba, hamda Bayram kunlari Konsullik bo'limida qabullar avvaldan kelishilgan holda hamda belgilangan soatlarda amalga oshirilishi mumkin.

Elchixona Konsullik bo'limi bilan telefon orqali savollarga javob olish, ularni muxokamasi yoki maslahat olish masalalari yuzasidan Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba va Juma kunlari soat 09.00 dan 19.00 ga qadar amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, telefon orqali murojaat jarayonida, qo`ng`roqlarga konsullik bo`lim hodimlari shaxsiy qabuldan yoki boshqa telefon orqali murojaatchidan bo`shagan hollaridagina javob bera olishini e`tiborga olishni iltimos qilamiz.

Konsullik va fuqarolik savollariga ta'lluqli masalalar yuzasidan umumiy ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining “Konsullik interaktiv xizmatlari” - consul.mfa.uz yoki consulate.mfa.uz -veb-sahifasida ham tanishishingiz mumkin.

Favqulodda vaziyatlarda quidagi telefon raqam orqali murojaat qilish mumkin: +49 30 39 40 98 - 30.

O'zbekiston Respublikasi elchixonasi manzili:
Botschaft der Republik Usbekistan
Perleberger Strasse 62
10559 Berlin
Tel: (+4930) 39 40 98 - 24, -55.
Fax: (+4930) 39 40 98 – 21, -62.
E-mail: konsulat@uzbekistan.de
Internet: www.uzbekistan.de

To'lovlar uchun bank hisob raqamlari:
Deutsche Bank Berlin
Kontonummer: 435 06 09 01
BLZ: 100 70000
IBAN: DE46 1007 0000 0435 0609 01
BIC (SWIFT-Code): DEUTDEBB
Deutsche Bank Berlin
Unter den Linden 13/15
10117 Berlin

O'zbekiston Respublikasida dam olish kunlari:
1 yanvar - Yangi yil bayrami
8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni
Mart 21 - Navruz
9-may - Xotira va qadrlash kuni
1 sentyabr - O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
8 dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
Al-Iyd-ul-Fitr (qamariy taqvim bo'yicha)
Iyd-al-Zuha (qamariy taqvim bo'yicha)

Germaniya Federativ Respublikasining Hessen, Reynland-Pfalz, Saarland, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Baden-Vyurtemberg va Bavaria federal erlari hamda Lixtenshtyen davlati hududlari O'zbekiston Respublikasining Frankfurt am Main shahrida joylashgan Bosh konsulxona konsullik okrugiga qarashlidir.
O'zbekiston Respublikasining Frankfurt am Main shahridagi Bosh konsulligi manzili:
Generalkonsulat der Republik Usbekistan in Frankfurt am Main
Eschenheimer Anlage 1,
60316 Frankfurt am Main
Tel: +49 69 915 0 1111 0
Fax: +49 69 915 0 1111 5
E-mail: gk.usbekistan@gmail.com
Internet: www.gk-usbekistan.de