Prezidentimizning Surxondaryoga tashrifi viloyat ahlining kayfiyatini ko‘tarib yubordi

Prezidentimiz o‘tgan yilning fevral oyida Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida ko‘plab istiqbolli loyihalar bilan tanishgan va aholi bilan muloqot qilgan edi. Davlatimiz rahbarining oradan qariyb bir yil o‘tib, viloyatga yana kelishi odamlarning kayfiyatini ko‘tarib yubordi.
19.01.2018

Fojia qurbonlari oilalariga ijtimoiy yordam ko‘rsatilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan dastlabki ro‘yxatga ko‘ra, 2018- yil 18- yanvar kuni Qozog‘istonning Aktyubinsk viloyatida yuz bergan avtobus yong‘inida halok bo‘lganlarning 29 nafari va jabrlanganlarning 2 nafari Namangan viloyatidan, jumladan, 23 nafari To‘raqo‘rg‘on, 8 nafari Kosonsoy tumanidan safarga chiqqan fuqarolar ekani ma’lum bo‘ldi.
19.01.2018

Hamdardlik

Qozog‘iston Respublikasining Aktyubinsk viloyatida sodir bo‘lgan fojiali hodisa oqibatida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari halok bo‘lgani munosabati bilan xorijiy davlatlar rahbarlari nomidan hamdardlik maktublari kelmoqda.
18.01.2018

O‘zbekiston Prezidenti Jahon banki delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Jahon banki delegatsiyasini qabul qildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 18-yanvar kuni Jahon banki bosh ijrochi direktori Kristalina Georgiyeva boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
18.01.2018

Qozog‘iston Respublikasi Aktyubinsk viloyatida sodir bo‘lgan fojiali hodisaga doir axborot

2018-yil 18-yanvar kuni Qozog‘istonning Aktyubinsk viloyati Irgiz tumanida avtobusda yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida 52 kishi halok bo‘lgan va 5 kishi jabrlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor.
18.01.2018

Hakim at-Termiziy majmuasini 2017-yil 600 mingdan ziyod mahalliy va mingga yaqin xorijlik sayyoh ziyorat qildi

Hakim at-Termiziy majmuasini 2017-yil 600 mingdan ziyod mahalliy va mingga yaqin xorijlik sayyoh ziyorat qildi Buyuk alloma Hakim at-Termiziy bobomiz diniy va dunyoviy ilmlarni chuqur egallagan.
18.01.2018

2018-yilda Toshkentda 220 ta ko‘p qavatli uyda MTMlar tashkil etiladi

Poytaxtimizda 2018-yilda yangi quriladigan va mavjud ko‘p qavatli uylarning birinchi va ikkinchi qavatida tashkil etiladigan maktabgacha ta’lim maskanlarining reja-jadvali tasdiqlangan.
18.01.2018

2017-yil oxiridagi eng faol internet-virus aniqlandi

Komputer xavfsizligi sohasida antivirus dasturiy ta’minoti va yechimlarini ishlab chiquvchi xalqaro “ESET” kompaniyasi o‘tgan yilning so‘nggi oyida mamlakatimiz internet foydalanuvchilari duch kelgan zararli dasturiy ta’minot reytingini taqdim etdi.
18.01.2018

Yosh fermerlarning 70 foiz muammosini tumanlarning o‘zida hal etsa bo‘ladi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston yosh fermerlari kengashi hamkorligida «Hokim va yosh fermerlar» loyihasi amalga oshirilmoqda.
18.01.2018

O‘zbekiston BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasiga 100 ming AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratadi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy komissar Zayd Raad al-Husaynning Boshqarma byudjetiga ixtiyoriy badal to‘lovini amalga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqish haqidagi murojaati qabul qilinib, O‘zbekiston BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi fondiga 100 ming AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratadigan bo‘ldi.
18.01.2018

Mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida yangi ta’lim texnologiyalari joriy etiladi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) o‘rtasida 2018-2021-yillarda “Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga integratsiyalashgan ta’lim axborot tizimi” loyihasi ijrosiga doir protokol imzolandi.
18.01.2018

Investitsiya dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibi muhokama qilindi

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018-yil 17-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirish bo‘yicha joriy etilgan yangi tartib asosida ishlarni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
17.01.2018

Birinchi Prezidentimiz tavalludining 80 yilligi har tomonlama munosib nishonlanadi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida shu yil 17-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini samarali olib borish va ushbu sanani har tomonlama yuqori saviyada o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
17.01.2018

Ekspertlar yosh fermerlarga zamonaviy mevali bog‘larni yaratish bo‘yicha mahorat darslari o‘tmoqda

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda O‘zbekiston yosh fermerlari kengashi hamkorligida bog‘dorchilikka qiziqqan fermer va tomorqa egalari uchun zamonaviy mevali bog‘lar yaratish bo‘yicha mahorat darslari tashkil etilmoqda.
17.01.2018

2017-yilning fevral oyidan buyon Surxondaryo viloyatida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 10-11 fevral kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida ko‘plab istiqbolli loyihalar bilan tanishgan va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan zarur topshiriqlar bergan edi.

Chexiyada o‘tkazilgan xalqaro tanlovda o‘zbekistonlik yosh musavvirlar g‘olib bo‘ldi

2017-yil Chexiyaning Liditse shahrida bo‘lib o‘tgan bolalar badiiy ijodiyotiga oid xalqaro tanlovning yaqinda e’lon qilingan natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonlik besh nafar yosh musavvir rasmlari mazkur tanlovda mukofotga munosib topilgan.
17.01.2018

O‘zA tanqididan so‘ng: Toshloq tumanida zamonaviy gipermarket quriladi

O‘zA saytida 2018- yil 15- yanvar kuni e’lon qilingan Farg‘ona viloyati Toshloq tumani bozorlaridagi ba’zi bir noxush holatlar haqida hikoya qiluvchi “Fototanqid: bozormi bu yo ozor!” sarlavhali tanqidiy maqoladan so‘ng qisqa fursat ichida bu yerda qator amaliy ishlar qilinib, kamchiliklar bartaraf etildi.
17.01.2018

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining navbatdan tashqari hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining navbatdan tashqari hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, sport federatsiyalari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
16.01.2018

O‘zbekiston Prezidenti Xitoy elchisini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 16-yanvar kuni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Sun Litszeni qabul qildi.
16.01.2018

Xotirasi mangu yodimizda...

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida Islom Karimov tavalludining 80 yilligi hamda Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 26 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
16.01.2018

O‘zbekiston – Turkiya ishbilarmon doiralarining davra suhbati

Poytaxtimizda 16-yanvar kuni Turkiyaning “Ziraat Bankasi A.S.” banki boshqaruvi raisi Huseyn Aydin boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida O‘zbekiston – Turkiya ishbilarmon doiralari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
16.01.2018

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining birinchi va oxirgi Davlat kotibi: Milliy valyuta masalasi nihoyatda muhim, uni zudlik bilan joriy etish kerak edi

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining birinchi va oxirgi Davlat kotibi: Milliy valyuta masalasi nihoyatda muhim, uni zudlik bilan joriy etish kerak edi Rahim Rajabov, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining birinchi va oxirgi Davlat kotibi:
16.01.2018

O‘zbekiston Ombudsmani: Inson huquqlarini, ayniqsa, jazoni ijro etish muassasalarida qonuniylikni ta’minlashga oid faoliyat kuchaytirildi

Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashda Ombudsman institutining o‘rni va roli beqiyosdir. Bugun Xalqaro, Yevropa ombudsman institutlari hamda Osiyo ombudsmanlar assotsiatsiyasi faoliyat yuritmoqda.
16.01.2018

Prezidentimiz Murojaatnomasining mohiyatini keng xorijiy jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha matbuot anjumani tashkil etildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasining asosiy mazmuni va mohiyatini keng xorijiy jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha matbuot anjumani tashkil etildi. Unda xorijiy va milliy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
16.01.2018

O‘n besh kunda 780 yo‘l-transport hodisasi sodir etildi

Sirdaryo viloyati yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan 2018 -yilning o‘tgan davrida viloyatda 780 yo‘l-transport hodisasi sodir etilgani qayd qilindi. Uning 410 tasi qo‘pol ravishda qoida buzish holatlaridir.
16.01.2018

Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi amaliy qadam

2017-2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi sud-huquq sohasidagi islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi. Strategiyaning ijrosi yuzasidan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligi va erkinligini ta’minlash, odil sudlovning sifati va shaffofligini oshirish, «Xabeas korpus» institutini qo‘llashni kengaytirishga qaratilgan 50 dan ziyod qonun hujjati qabul qilindi.
16.01.2018

Pages