Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida qonun qabul qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan qabul qilingan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturiga asosan hayotiy muhim milliy manfaatlarning tashqi va ichki tahdidlardan kafolatli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
31.01.2018

Ipakchilik bo‘yicha xalqaro komissiyaning navbatdagi sammiti O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi

Guvaxati (Hindiston) shahrida Ipakchilik bo‘yicha xalqaro komissiya boshqaruv kengashining 25-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uning ishida «O‘zbekipaksanoat» assotsiatsiyasi raisi B. Sharipov hamda «Bukhara Brilliant Silk» qo‘shma korxonasi direktori B.Jo‘rayevdan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
31.01.2018

Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanidagi “LT Textile International” xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Prezidentimiz o‘tgan yil fevral oyida Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida begilab berilgan vazifalarga muvofiq qurilgan mazkur korxonaning birinchi bosqichi 2017 yil iyul oyida foydalanishga topshirildi. Bu yerga Germaniya va Shveysariyadan zamonaviy va energiyatejamkor to‘qimachilik asbob-uskunalar keltirib o‘rnatildi. 700 dan ortiq ish o‘rni yaratildi. 60 nafarga yaqin yoshlar Xitoyda kasb mahoratini oshirib qaytgan.
30.01.2018

Dunyoga mashhur “White & Case” (AQSh) kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochdi

AQShning dunyoga mashhur “White & Case” yuridik kompaniyasi kecha poytaxtimizda o‘z vakolatxonasini ochdi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
30.01.2018

Qarshi shahrida Islom Karimov haykali ochildi

Bugun mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligi keng nishonlanmoqda.
30.01.2018

O‘zbekiston delegatsiyasining OQXJ boshqaruvining bo‘lajak majlisida ishtirok etishi to‘g‘risida

2018-yilning 30-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi (OQXJ) boshqaruvi a’zosi Zoir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya Turkmanistonning Ashxabod shahrida bo‘lib o‘tadigan OQXJ boshqaruvi majlisida ishtirok etadi.
30.01.2018

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi

Qashqadaryo viloyatida 2018-2019 yillarda turizm infratuzilmasi ob’ektlarini barpo etish rejasiga ko‘ra 167 ta loyiha amalga oshiriladi. Ularda tarixiy-madaniy obidalarni ta’mirlash, tarmoqni axborot texnologiyalari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
29.01.2018

O‘zbekiston delegatsiyasi MKK majlisida ishtirok etadi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Tadbir 2018-yil 30-yanvar kuni Pekin shahrida (Xitoy) o‘z ishini boshlaydi.
29.01.2018

2017-yilda “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig‘i bilan 140 mingta avtomobil ishlab chiqarildi

O‘tgan yili “Kobalt” hamda “Matiz” rusumidagi yengil avtomobillar ishlab chiqarish sur’ati 2016-yildagiga nisbatan 4,5 barobarga ortgan. Xuddi shunday ko‘rsatkich “Malibu” avtomobilini ishlab chiqarishda ham qayd etilgan.
26.01.2018

O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini “Amazon” tarmog‘ida sotish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston delegatsiyasi AQShning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan “TexWorld USA” nufuzli xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
26.01.2018

Yosh kinoijodkorlarimiz xalqaro ekspertlarning mahorat darslarida ishtirok etdi

Poytaxtimizda YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda «O‘zbekkino» milliy agentligi hamkorligida yosh kinoijodkorlar uchun seminar-trening o‘tkazilmoqda.
26.01.2018

Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, fuqarolarning sog‘liqni saqlashga doir huquqlari davlat tomonidan kafolatlanishini ta’minlash, fuqarolarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining barcha qatlamlari tibbiy xizmatdan foydalanishi uchun sharoit yaratish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
26.01.2018

O’zbekiston yoshlar ittifoqi delegatsiyasining Germaniyaga safari samarali bo’ldi

Yaqinda O’zbekiston yoshlar ittifoqi delegatsiyasi Germaniyada bo’ldi. Safardan ko’zlangan asosiy maqsad nemis mutassaddi tashkilotlari bilan tajriba almashish va o’zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish bilan izohlanadi.
26.01.2018

Turkiyalik ishbilarmonlar Sirdaryo viloyatida

Turkiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Bashar boshchiligidagi delegatsiya Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
25.01.2018

Endi Hindistonga borishga hojat yo‘q. Samarqandda murakkab onkologik operatsiyalar bajarilmoqda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 4-apreldagi “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda hududlarda uning filiallari tashkil etildi. Xalqimizga yuqori sifatli, zamon talablariga to‘la javob beradigan tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida markazning yetuk mutaxassislari viloyatlardagi muassasalarga rahbar etib tayinlandi.
24.01.2018

Elektr energiyasi va tabiiy gaz hisoblagichlarini aholi xarid qilmaydi

Endilikda maishiy iste’molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish zamonaviy uskunalarini xarid qilish, o‘rnatish, ro‘yxatdan o‘tkazish, davriy davlat qiyoslovi va plombalash tegishli ravishda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va gaz ta’minoti tashkilotlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
22.01.2018

Xitoylik tadbirkor ishchilarning maoshini g‘isht bilan to‘ladi

Xitoyning Szyansi provinsiyasidagi Nanchan shahrida g‘isht zavodi egasi ishchilarning ish haqini g‘isht bilan to‘ladi. Bu haqda lenta.ru xabar berdi.
22.01.2018

2017-yilda O‘zbekistonda 25,5 mingta uy-joy qurilishi belgilangan edi. Reja bajarildimi?

O‘tgan yili O‘zbekistonda 25,5 mingta uy-joy qurilishi rejalashtirilgan edi. Xususan, uy-joyga muhtoj va kam ta’minlangan oilalar uchun 19,5 mingta, davlat tashkilotlari vakillari uchun 974 ta, profilaktika nozirlariga 3 ming 829 ta uy-joy ajratilishi belgilangan edi.
22.01.2018

O‘zbekiston Respublikasida o‘lcham birliklari tartibga solinadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida o‘lcham birliklarini qo‘llash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat "Metrologiya to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishni davom ettirish maqsadida qabul qilindi.
22.01.2018

Umid Ahmadjonov hamda Florentino Peres «Real» va «Deportivo» uchrashuvini birga tomosha qildi

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol federatsiyasi raisi Umid Ahmadjonov ayni paytda Ispaniya poytaxti Madrid shahrida bo‘lib turibdi.
22.01.2018

Xush kelibsiz, afg‘onistonlik do‘stlar!

Termiz xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining ilk qaldirg‘ochlari davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, talaba-yoshlar ishtirokida tantanali kutib olindi.
21.01.2018

Prezident halok bo‘lganlarning oilalariga kompensatsiya ajratish to‘g‘risida topshiriq berdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasining Oqto‘ba viloyati Irgiz tumanida "Samara-Chimkent" avtomobil yo‘lida avtobus yonishi oqibatida halok bo‘lgan 52 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi oilalarining barchasiga bir martalik nafaqa ajratildi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot-xizmati.
21.01.2018

OAV: Yerga kattaligi osmono‘par binodek asteroid yaqinlashmoqda

OAV: Yerga kattaligi osmono‘par binodek asteroid yaqinlashmoqda NASA bu haqda ogohlantirdi, deb xabar tarqatdi RIA Novosti.
21.01.2018

Namangan shahrida “Avtotest” o‘quv markazi faoliyat boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-sentabrdagi “Innovatsion o‘qitish uslublarini joriy etish yo‘li bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan markaz zamonaviy o‘quv qo‘llanmalari, jihozlar va texnik vositalar bilan ta’minlangan.
21.01.2018

Gruziya parlamenti delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

Bugun Gruziya parlamenti raisi Irakliy Kobaxidze boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
20.01.2018

Pages