• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

O‘zbekiston delegatsiyasining OQXJ boshqaruvining bo‘lajak majlisida ishtirok etishi to‘g‘risida

30.01.2018

2018-yilning 30-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi (OQXJ) boshqaruvi a’zosi Zoir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya Turkmanistonning Ashxabod shahrida bo‘lib o‘tadigan OQXJ boshqaruvi majlisida ishtirok etadi.

Tadbir doirasida Turkmanistonning Jamg‘armadagi raisligi davriga mo‘ljallangan ish rejasi va ko‘p tomonlama hamkorlikning boshqa dolzarb masalalari muhokama qilinadi.