• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Dunyoga mashhur “White & Case” (AQSh) kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochdi

30.01.2018

AQShning dunyoga mashhur “White & Case” yuridik kompaniyasi kecha poytaxtimizda o‘z vakolatxonasini ochdi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yil 18-20 sentyabr kunlari AQShga tashrifi doirasida Adliya vazirligi va “White&Case” yuridik kompaniyasi o‘rtasida imzolangan memorandumda mazkur vakolatxonani ochish nazarda tutilgandi. Unda, shuningdek, tijorat va arbitraj huquqi bo‘yicha milliy huquqshunos kadrlarni kompaniyaning Amerikadagi muassasalarida tajriba orttirishlarini tashkil etish belgilab qo‘yilgan.

Shunday qilib hozirda “White & Case” Amerikaning O‘zbekistondagi yagona yuridik kompaniyasiga aylandi .

Adliya vazirligi vakillarining qayd etishicha, xalqaro yuridik kompaniyalarning respublikamizga jalb qilinishi huquqiy va konsalting xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini takomillashtirish, xorijiy investorlarning O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, 1901 yilda asos solingan “White & Case” kompaniyasi ayni paytda dunyoning 26 davlatidagi 38 ta ma’muriy binosida faoliyat yuritayotgan 2200dan ziyod professional huquqshunoslarni birlashtirgan.