• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

2017-yilda “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig‘i bilan 140 mingta avtomobil ishlab chiqarildi

26.01.2018

O‘tgan yili “Kobalt” hamda “Matiz” rusumidagi yengil avtomobillar ishlab chiqarish sur’ati 2016-yildagiga nisbatan 4,5 barobarga ortgan. Xuddi shunday ko‘rsatkich “Malibu” avtomobilini ishlab chiqarishda ham qayd etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hisobоtiga ko‘ra, 2017- yilda O‘zbekistonda 140 ming 306 dona yengil va yuk avtomashinasi hamda avtobus ishlab chiqarilgan.

Yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 2016 yildagiga nisbatan 58,1 foizga o‘sib, 135 ming 471 donani tashkil etgan. Bunda “Jentra” rusumidagi avtomashinalar ishlab chiqarish sur’ati 2 barobar (19 ming 164 ta), “Kobalt” – 4,6 marta (18 ming 14 ta), “Matiz” – 4,4 barobar (13 ming 2 ta), “Malibu” – 4,5 marta (963 ta), “Kaptiva” – 2,1 barobarga (4 ming 540 ta) ortgan.

2017- yilda mamlakatimizda, shuningdek, 3778 dona avtobus, 1057 dona yuk avtomobili ishlab chiqarilgan.