• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Xitoy Elchisi bilan uchrashuv

05.01.2018

2018-yilning 5-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Sun Litzeni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida hamkorlikning barcha sohalaridagi keng qamrovli O‘zbekiston-Xitoy muloqoti jadal xususiyatga ega ekanligi mamnuniyat bilan qayd etildi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, 2017-yilning may oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tarixiy davlat tashrifi va XXR Raisi Si Szinpin va mamlakatning boshqa rahbarlari bilan muzokaralari ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tardi hamda davlatlarimiz rahbarlari o‘rtasidagi o‘zaro ishonchning yuqori darajada ekanligini namoyish etdi.

O‘zbekistonda o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgani munosabati bilan Elchiga ko‘p yillik muvaffaqiyatli faoliyati va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli sohalarda va yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirildi.