• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Toshkent sayyohlarni maftun etayotgan shaharlar reytingida

05.02.2018

Yashash joyni bron qilish bo‘yicha rus servis xizmati hisoblangan “Tvil.ru” tomonidan rossiyalik sayyohlar 23 fevral bayram sanasini nishonlash maqsadida MDH hududida boradigan shaharlari nomi aniqlandi.

Reyting mehmonxonalarda bron qilish bo‘yicha olingan ma’lumotlar asosida tuzildi. Mazkur bayram kunlari sayohat uchun eng mashhur yo‘nalishlar orasidan poytaxtimiz Toshkent shahri ham joy oldi. Shuningdek, ro‘yxatga Minsk, Ostona, Boku va Yerevan shaharlari kiritilgan. Yuqorida nomi aytib o‘tilgan servis portalida qayd etilishicha, O‘zbekistonda sayyohlar 23 fevral sanasini nishonlash maqsadida o‘rtacha uch kun yashash uchun sutkasiga 2 ming rubldan sarflaydi.