• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Qozog‘iston va O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida yangi aviareyslar ochiladi

08.01.2018

Qozog‘iston va O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida yana bir nechta aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

Bu haqda Qozog‘istonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yerik Utembayev “Uzreport” telekanaliga bergan intervyusiga asoslanib “Kazinform” xabar qildi.

“Joriy yilda parvozlar geografiyasini kengaytirish rejalashtirilayapti. Bular sayyohlik imkoniyatlari nuqtai nazaridan jozibador bo‘lgan “Olmaota — Buxoro”, “Olmaota — Xiva”, “Olmaota — Samarqand” yo‘nalishlaridir”, deydi Yerik Utembayev.