• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

O‘zbekistonga Tojikiston delegatsiyasining tashrifiga doir

05.02.2018

2018-yilning 5-fevral kuni Toshkent shahriga Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Ibrohim boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi.

Tashrif dasturiga ko'ra O‘zbekiston Hukumatida, qator vazirlik va idoralarda uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Mazkur tadbirlar chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari hamda bo‘lajak O‘zbekiston-Tojikiston uchrashuvlariga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy jihatlarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.