• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida

10.01.2018

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

Qonunchilik palatasi tomonidan 2017 yil 18 dekabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2017 yil 20 dekabrda ma’qullangan

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi tasdiqlansin.*

2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 30 avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining Harbiy doktrinasi to‘g‘risida»gi 105–I-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 180-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.

3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2018 yil 9 yanvar

№ O‘RQ—458

* * *

*O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasining matni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plamida e’lon qilinadi.