• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Konsullik ro'yxatidan o'tish

Doimiy konsullik ro'yxatiga O'zbekiston Respublikasi mutasaddi tashkilotlarining chet elda doimiy yashash uchun ruxsatini olgan va chet elda uzoq muddat yashaidigan O'zbekiston fuqarolari qabul qilinish huquqiga egadir.

  • Doimiy konsullik ro'yxatiga turich uchun shaxsiy murojaat bilan quyidagi hujjatlar topshirishi shart:
  • doimiy ro'yxatga o'tish surovnomasi (surovnoma nusxasi ushbu saxifaning ohirida biriktilgan link orqali yuklash mumkin);
  • O`zbekiston Respublikasi biometrik fuqarolik pasporti asl nusxasi, ushbu pasport bosmalangan nusxasi (xerocopiyasi) bilan birgalikda;
  • arizaning 1 dona 3x4 sm o`lchamli fotosurati;
  • 40 evro miqdorida konsullik hisobiga olish uchun konsullik yig`im to`lovi chiptasi.
  • Doimiy Konsullik hisobiga olish 1 ish kuni ichida rasmiylashtiriladi.

Vaqtinchalik konsullik ro'yxatiga O'zbekiston Respublikasi mutasaddi tashkilotlarining chet elga vaqtinchalik chet elga chiqish uchun ruxsatini olgan va chet el oliy o'quv yurtida taxsil olayotgan yoki O'zbekiston Respublikasi Mexnat vayirliginining chet elda ishlash uchun maxsus lizensiyasiga ega bo'lgan O'zbekiston fuqarolari qabul qilinish huquqiga egadir.

  • Vaqtinchalik konsullik ro'yxatiga turich uchun shaxsiy murojaat bilan quyidagi hujjatlar topshirishi shart:
  • vaqtinchalik ro'yxatga o'tish surovnomasi (surovnoma nusxasi ushbu saxifaning ohirida biriktirilgan link orqali yuklash mumkin);
  • O`zbekiston Respublikasi biometrik fuqarolik pasporti asl nusxasi, ushbu pasport bosmalangan nusxasi (xerocopiyasi) bilan birgalikda;
  • arizaning 1 dona 3x4 sm o`lchamli fotosurati;
  • o'quv yurtning tegishli ma'lumotnomasi, yohud O'zbekiston Respublikasi Mexnat vayirliginining chet elda ishlash uchun maxsus lizensiyasi asl nusxasi ushbu hujjatning bosmalangan nusxasi (xerocopiyasi) bilan birgalikda;

Vaqtinchalik konsullik hisobiga olish 1 ish kuni ichida hech qanday to'lovlarsiz amalga oshiriladi.
Elchixona konsullik bo'limi manzili:
Perleberger Strasse 62
10559 Berlin
Tel: (+4930) 39 40 98 24, 39 40 98 55
Fax: (+4930) 39 40 98 21, 39 40 98 62
E-mail: konsulat@uzbekistan.de
Website: www.uzbekistan.de