Konsullik bo'limi

Berlindagi O'zbekiston Respublikasi elchixonasi konsullik bo'limi konsullik okrugiga Germaniya Federativ Respublikasining quyidagi Berlin, Brandenburg, Bremen, Gamburg, Mecklenburg-Vorpommern, Quyi Saksoniya, Saksoniya, Saksoniya-Anxalt, Shlezvig-Golshteyn va Thuringia federal erlarida, Chexiya Respublikasi, Shveytsariya Konfederatsiyasi va Shvetsiya Qirolligi hududlari kiradi.
Yuqorida ko'rsatilgan hududlarda yashovchi shaxs va tashkilotlar konsullik masalalari hamda xizmatlari yuzasidan Berlindagi O'zbekiston Respublikasi elchixonasining konsullik bo'limiga murojaat qilishi mumkin.

Berlindagi O'zbekiston Respublikasi elchixonasining konsullik masalalari bo'yicha shaxsiy murojaat uchun vaqt jadvali:
Dushanba, Seshanba, Chorshanba va Juma kunlari soat 09.00 dan 12.00 ga qadar.
Konsullik bo'lim passport masalalari yuzasidan qabul vaqti avvaldan kelishilgan holda quyidagi kunlar belgilangan soatlarda amalga oshiriladi:
Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba va Juma kunlari soat 14.00 dan 18.00 ga qadar.

Elchixona Konsullik bo'limi bilan telefon orqali savollar muxokamasi, maslahat olish masalalari Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba va Juma kunlari soat 15.00 dan 18.00 ga qadar amalga oshiriladi.

Konsullik va fuqarolik savollariga ta'lluqli masalalar yuzasidan umumiy ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining “Konsullik interaktiv xizmati” consul.mfa.uz veb-sahifasida ham tanishish mumkin.

Payshanba, Shanba, Yakshanba va ko'rsatilgan Bayram kunlari konsullik bo'limida qabul amalga oshirilmaydi. Favqulodda vaziyatlarda konsullik bo'limiga quidagi telefon orqali murojaat qilish mumkin: (+4930) 39 40 98 30.

O'zbekiston Respublikasi elchixonasi manzili:
Botschaft der Republik Usbekistan
Perleberger Strasse 62
10559 Berlin
Tel: (+4930) 39 40 98 - 24, -55.
Fax: (+4930) 39 40 98 – 21, -62.
E-mail: konsulat@uzbekistan.de
Internet: www.uzbekistan.de

To'lovlar uchun bank hisob raqamlari:
Deutsche Bank Berlin
Kontonummer: 435 06 09 01
BLZ: 100 70000
IBAN: DE46 1007 0000 0435 0609 01
BIC (SWIFT-Code): DEUTDEBB
Deutsche Bank Berlin
Unter den Linden 13/15
10117 Berlin

O'zbekiston Respublikasida dam olish kunlari:
1 yanvar - Yangi yil bayrami
8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni
Mart 21 - Navruz
9-may - Xotira va qadrlash kuni
1 sentyabr - O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
8 dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
Al-Iyd-ul-Fitr (qamariy taqvim bo'yicha)
Iyd-al-Zuha (qamariy taqvim bo'yicha)

Germaniya Federativ Respublikasining Hessen, Reynland-Pfalz, Saarland, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Baden-Vyurtemberg va Bavaria federal erlari O'zbekiston Respublikasining Frankfurt am Main shahrida joylashgan Bosh konsulligi konsullik okrugiga qarashlidir.

O'zbekiston Respublikasining Frankfurt am Main shahridagi Bosh konsulligi manzili:
Generalkonsulat der Republik Usbekistan in Frankfurt am Main
Zeppelinallee 31
60487 Frankfurt am Main
Tel: +49 69 915 0 1111 0
Fax: +49 69 915 0 1111 5
E-mail: gk.usbekistan@gmail.com
Internet: www.gk-usbekistan.de