Turizm – mamlakatimiz iqtisodiyotining ertangi kuni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22-fevral kuni videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish va ichki turizmni yanada rivojlantirish, sayyohlik xizmatlarini yaxshilash va turlarini kengaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar natijadorligi tanqidiy tahlil qilindi.
22.02.2018

Ustoz-shogirdlar ko‘rgazmasi

Toshkent Fotosuratlar uyida yog‘och o‘ymakori G‘ulomjon Yo‘ldoshev va uning shogirdlari ijod namunalaridan iborat «Ustoz va shogird» nomli ko‘rgazma ochildi.
22.02.2018

Toreniyaz tomorqasidan ulkan ko‘za topib oldi

Joriy yil 27-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani Bo‘ston shahri Oybek ko‘chasida istiqomat qiluvchi Toreniyaz Qutibayev tomorqasidan ulkan ko‘za topib oldi.
22.02.2018

Nukuslik tadbirkor-ixtirochi chiqindi matolardan suyuq gulqog‘oz ishlab chiqarmoqda

Nukus shahridagi ko‘p qavatli uylar yo‘laklariga suyuq gulqog‘ozdan ishlangan suratlar ko‘pchilikning e’tiborini tortmoqda.
22.02.2018

Turizmni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam

Poytaxtimizdagi Tasviriy san’at galereyasida Umumjahon gidlar va ekskursiya yetakchilari kuni doirasida “Buyuk ipak yo‘li: chegarasiz hamkorlik” II xalqaro gidlar forumi boshlandi.
21.02.2018

Faol tadbirkorlar tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi

Sherobod tumanida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi tomonidan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi doirasida “Prezident g‘oyalari bilan kelajak sari” shiori ostida “O‘zbekiston faol tadbirkorlari anjumani”da qabul qilingan “O‘zbekiston tadbirkorlariga murojaat”ning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi.
21.02.2018

Mahalliylashtirish dasturi va importni qisqartirish rejasi tahlil qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-fevral kuni import hajmini qisqartirish va mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish ishlarini tahlil qilish, bu boradagi eng muhim vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
21.02.2018

Pasportingiz muddati tugaganligi haqida xabarnoma yuboramiz!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash doirasida mamlakatimiz bank tizimida keng ko‘lamli o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Sohaga zamonaviy texnologiyalar shiddat bilan kirib kelmoqda. Internet tarmog‘i va mobil aloqa vositalari orqali ko‘rsatiladigan masofaviy bank xizmatlari ko‘lami muttasil kengayib bormoqda.
20.02.2018

YeTTB delegatsiyasining uchrashuvlari

“Taraqqiyot strategiyasi” markazida 20-fevral kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
20.02.2018

Andijonda yana bitta tabiiy gaz koni aniqlandi

Yaqin kunlarda Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida yana bir gaz qudug‘i ishga tushiriladi. Ma’lumki, o‘tgan yil noyabr oyida Buloqboshi tumani Uchtepa qishlog‘i hududida tabiiy gaz koni topilgani haqida xabar tarqalgan edi.
20.02.2018

O‘zbekistonda tut bargidan choy ishlab chiqariladi

«O‘zbekipaksanoat» uyushmasidan O‘zAga ma’lum qilishlaricha, ayni vaqtda tut bargidan choy ishlab chiqarish korxonasini qurish boshlandi. Dekabr oyida korxona ishga tushadi.
19.02.2018

Milliy va zamonaviy qiyofadagi mehmonxona

Mamlakatimizda turizmni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor samarasida mehmonxonalar tarmog‘i va mehmonlarga xizmat ko‘rsatish sifati yuksalmoqda.
19.02.2018

Sayyor qabul – fuqarolar muammolarini hal etishning maqbul yo‘li

Toshkentdagi "O‘zekspomarkaz" ko‘rgazmalar majmuida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi, Toshkent shahar va poytaxt tumanlari hokimlari, boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining sayyor qabuli o‘tkazildi.
18.02.2018

Shavkat Mirziyoyev: Armiya - xalqimizning mustahkam qalqoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatidagi Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrugga qarashli harbiy qismlardan birida bo‘ldi.
17.02.2018

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari bir-birlarini qutladilar

2018-yil 16-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan ikki davlat rahbarlari bir-birlarini qutladilar.
16.02.2018

Hukumat davlat boji miqdorlarini hisoblash tizimini soddalashtirdi

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi qarori bilan notarial harakatlar uchun undiriladigan davlat boji miqdorlari qayta ko‘rib chiqildi.
16.02.2018

Xalq banki: Mo‘ynoqliklarga shodlik ulashgan voqea

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida oxirgi uch yil davomida respublika bo‘yicha 130 ga yaqin tuman va shahar filiallarini zamonaviy qiyofada to‘liq qayta ta’mirlab, foydalanishga topshirdi.
16.02.2018

Oksford bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Dunyoning nufuzli ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri bo‘lgan Buyuk Britaniyaning Oksford islom tadqiqotlari markazi O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirayotgani haqida maqola e’lon qildi.
16.02.2018

Prezident virtual qabulxonasida “Onlayn maslahatchi”lar ish boshladi

Avval xabar qilinganidek, joriy yil 1-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi dasturiy tizimining yangi talqini ishga tushirildi. Murojaatchilarga yanada keng qulaylik va imkoniyatlar yaratish maqsadida mazkur tizim takomillashtirib borilmoqda.

15.02.2018

O‘rtacha oylik ish haqi 12.3 foizga o‘sdi

2017-yilning yanvar-dekabr oylarida yurtimizda nominal hisoblangan o‘rtacha oylik ish haqini 2016-yil bilan taqqoslaganda, 12,3 foiz o‘sishga erishildi. Yollanma xodimlar daromadlari esa 12,8 foiz o‘sdi.
15.02.2018

Ronald Jeyms Pollett: O‘zbekiston har tomonlama ulkan salohiyatga ega mamlakat

Mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan AQShning yetakchi kompaniyalaridan biri "Jeneral elektrik" korporatsiyasi vitse-prezidenti Ronald Jeyms Pollett yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va o‘zaro hamkorlik istiqbollari haqida fikrlarini bildirdi:
15.02.2018

Germaniya adliya vazirligida uchrashuv

Joriy yilning 14-fevral kuni O’zbekiston Repsublikasining Germaniyadagi Favqulodda va Muhtor elchisi Nabijon Kasimov Adliya va iste’molchilarni himoya qilish federal vazirligi davlat kotibi Kristiyane Virtz bilan uchrashdi.
14.02.2018

Endi Toshkentga mavsumiy ishlar bilan shug‘ullanish uchun kelgan fuqarolardan vaqtinchalik propiska talab qilinmaydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan qabul qilingan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida Toshkent shahri va viloyatida propiska bilan bog‘liq yangicha yondashuvlarni amalga tatbiq etish belgilangan edi.
14.02.2018

Mamlakatimiz tibbiyot tarixida birinchi marta jigar transplantatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi

O‘tgan yildan boshlab Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy xirurgiya markazida yaqin qarindoshlar o‘rtasida buyrak ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiyalar muvaffaqiyatli bajarib kelinmoqda, kuni kecha esa markazda mamlakatimiz tibbiyoti tarixida birinchi marta bemorga tirik donor qarindoshdan jigar bo‘lagini ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti bajarildi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.
14.02.2018

15 nafar bemor bola Germaniyada bepul davolanadi

Yaqinda «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi ko‘magida teri kuyishi asoratlari, qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari, lab-tanglayning tug‘ma nuqsoni bilan kasallangan 15 bemor bola Germaniyaga davolanish uchun jo‘nab ketdi.
14.02.2018

Buxoro yahudiylarining Butunjahon kongressi delegatsiyasi bilan uchrashuv

2018-yilning 13-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Buxoro yahudiylarining Butunjahon kongressi (BYBK) prezidenti, taniqli tadbirkor va jamoat arbobi Lev Levayev boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda TIVning matbuot xizmati xabar berdi.
13.02.2018

2018-yilda Namangan viloyatida qariyb 100 milliard so‘mdan ko‘proq mablag‘ korxonalar ixtiyorida qolishi mumkin

Namanganda soliq qonunchiligidagi yangiliklarni jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
13.02.2018

Barcha sa’y-harakatlarimiz obodlik, bunyodkorlik va aholi farovonligiga xizmat qilsin

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-fevral kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida poytaxtimiz tumanlarida bo‘ldi.
09.02.2018

“Qishloq qurilish bank”dan masofaviy bank xizmatlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida to‘lov tizimini yanada rivojlantirish, jumladan, real vaqt rejimida tezkorlik bilan hisob raqamlarni boshqarish va bank operatsiyalarini o‘tkazish imkonini beruvchi masofadan bank xizmatlari ko‘rsatgan holda tijorat banklarining samarali axborot almashinuvi tizimini tashkil etish Markaziy bank faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Bu esa tijorat banklari tomonidan ko‘rsatilayotgan masofaviy xizmatlar sifatini oshirish va yangi zamonaviy xizmatlarni joriy etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
09.02.2018

Ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi haqida

2017-yilning 1-noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarori qabul qilingan edi.
08.02.2018

Pages